Bosh sahifa

Ushbu platformani yaratishdan asosiy maqsad talabalarning fizikada simmetriya va saqlanish qonunlariga oid kompetensiyalarini raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirish orqali ularning tabiatdagi fundamental va universal tamoyillar haqidagi ilmiy dunyoqarashini tizimli shakllantirishdan iborat.

Talabalarning simmetriya va saqlanish qonunlariga oid kompetentligi

Talabalarning simmetriya va saqlanish qonunlariga oid kompetentligi — bu ularning tabiat hodisalari va fizik jarayonlarda mavjud bo‘lgan tartib, mutanosiblik hamda asosiy saqlanish qonunlarini (energiya, impuls, elektr zaryadi va boshqalar) tushunish, tahlil qilish va amaliy vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatidir. Bunday kompetentlik nafaqat nazariy bilimlarni o‘zlashtirishni, balki ularni turli ilmiy muammolarni hal etishda, laboratoriya ishlarini bajarishda va kundalik hayotiy holatlarda qo‘llashni ham o‘z ichiga oladi. Shu orqali talabalar mantiqiy fikrlash, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish hamda innovatsion yondashuvlarni shakllantirish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.

Nazariy ma’lumotlar

Amaliy mashg'ulotlar

Fizikada simmetriya va saqlanish qonunlari fanidan amaliy mashg‘ulotlar — talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va ularni real masalalar yechimi orqali qo‘llashga qaratilgan. Mashg‘ulotlarda turli jarayonlarda simmetriya elementlari aniqlanadi, energiya, impuls va burchak momenti kabi saqlanish qonunlari asosida masalalar yechiladi. Ushbu mashg‘ulotlar orqali nazariya va amaliyot uyg‘unligi ta’minlanib, talabalar ilmiy fikrlash, mantiqiy tahlil va muammoli vaziyatlarni hal qilish kompetentligiga ega bo‘ladilar.

Bizning ustozlar

Bekpo‘latov Ulug‘bek Rahmatulla o‘g‘li

Navoiy davlat universiteti Fizika va astronomiya kafedrasi dotsenti

Mehriddin Musurmonov Ulug'bek o'g'li

Navoiy davlat universiteti Fizika va astronomiya kafedrasi o’qituvchisi

Mamlakatimiz bo'ylab 200 dan ortiq talabalar tahsil olmoqda

Shuningdek, 700 dan ortiq talabalar olgan bilimlarini bugungi kunda o‘z faoliyatida qo‘llamoqda.